«iib xodimi» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi pichoqlandi
10 aprel 2024, 03:09

Toshkent viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimi pichoqlandi

Toshkent tumanida oilaviy janjal bo‘yicha chaqiruv olgan IIB xodimi pichoqlandi. U oshxona pichog‘i ushlagan shaxsdan qurolsizlanishni so‘ragan, ammo 56 yoshli fuqaro unga faol qarshilik ko‘rsatib, chap bel qismini jarohatlagan. Xodim IIV markaziy gospitaliga yotqizildi, fuqaro esa besh yilgacha qamalishi mumkin.

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi
18 yanvar 2024, 16:30

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi

Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

“Bizga shunday IIB xodimlari kerak”. Abituriyentni yelkasida ko‘targan xodim taqdirlandi
6 avgust 2023, 16:48

“Bizga shunday IIB xodimlari kerak”. Abituriyentni yelkasida ko‘targan xodim taqdirlandi

Tarmoqlarda Andijonda nogironligi bo‘lgan abituriyentni yelkasida ko‘targancha imtihon joyiga olib borgan ichki ishlar xodimi surati tarqaldi. Uni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov taqdirladi. “Andijonimizning IIB xodimi qanaqa ekanligini mana shu bolam ko‘rsatib qo‘ydi”, — dedi hokimlik rahbari.

Toshkent viloyatida fuqaro qiynoq oqibatida vafot etdi, 2 nafar IIB xodimi hibsga olindi
5 iyun 2023, 17:47

Toshkent viloyatida fuqaro qiynoq oqibatida vafot etdi, 2 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Bo‘ka tumanida fuqaro IIB xodimlarining noqonuniy so‘roq qilishi va jarohat yetkazishi oqibatida vafot etdi. Voqeaga sababchi 2 xodim hibsga olindi, tuman IIB rahbariyati esa ishdan bo‘shatildi. Ishga aloqador tezkor xodimlar holatni rad etmoqda, prokuratura qo‘shimcha ekspertiza tayinladi.

Surxondaryoda fuqaro IIB xodimiga bolta bilan hujum qildi
31 may 2023, 14:50

Surxondaryoda fuqaro IIB xodimiga bolta bilan hujum qildi

Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

Surxondaryoda fuqaroga kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 may 2023, 14:06

Surxondaryoda fuqaroga kuch ishlatgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.

Surxondaryoda IIB xodimi qo‘l-oyog‘i bog‘langan erkakka kuch ishlatdi
12 may 2023, 09:57

Surxondaryoda IIB xodimi qo‘l-oyog‘i bog‘langan erkakka kuch ishlatdi

Muzrabot tumanida IIB xodimi mastligi aytilgan va qo‘l-oyog‘i bog‘langan erkakni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB erkak begona ayolning tinchini buzgani, chaqiruvga asosan borgan xodimga qarshilik qilganini bildirdi. Xodimning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Andijonda IIB YHXB xodimi mashinasida ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi
11 dekabr 2022, 12:52

Andijonda IIB YHXB xodimi mashinasida ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Asaka tumanida viloyat IIB YHXB xodimi Spark mashinasida yo‘ldagi muzlama sabab ikki kishini urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi
7 dekabr 2022, 12:13

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi

Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringandi, sud ham buning uchun ayolga chora ko‘rgandi. IIV o‘z xodimiga nisbatan hujjatlarni prokuraturaga yuborgandi. «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi
29 noyabr 2022, 10:15

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi

Qorako‘l tumanida Cobalt haydovchisi yo‘lini to‘sgan IIB xodimi mashinasini urib qochdi. U avtomashinani Olot tumanida tashlab ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi
28 noyabr 2022, 10:17

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi

Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Oqqo‘rg‘onda IIB sobiq xodimi butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kdi
2 oktabr 2022, 16:59

Oqqo‘rg‘onda IIB sobiq xodimi butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kdi

Tarmoqlarda Oqqurg‘on tumani IIB xodimining butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ushlanganini ma’lum qildi. Hokimlik esa holat oqibatida xodim otasining sog‘lig‘i og‘irlashib qolganini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting